Suveren O‘zbekistondagi suveren Qoraqalpog‘iston. Tarixiy kontekst

Описание к видео Suveren O‘zbekistondagi suveren Qoraqalpog‘iston. Tarixiy kontekst

Бухоро вилоят судида шу йил июлида Қорақалпоғистондаги намойиш ва зўравонликларга алоқадорликда айбланаётган 22 киши устидан очиқ суд бўлиб ўтмоқда.

Судда, қорақалпоғистонлик журналист ҳамда фаол Даулетмурат Тажимуратов, Лолагул Каллиханова ва бошқалар ЖКнинг 10 га яқин моддаси, жумладан, оммавий тартибсизликлар, конституциявий тузумга тажовузда айбланмоқда.

Айбланувчилар ўзларига нисбатан қийноқ қўллангани, намойишчилар чоғида ўқ отар қурол қўллангани ҳақида кўрсатма беришмоқда.

Шу йил июнда, Ўзбекистон конституциясига киритилажак ўзгаришлар сирасида Қорақалпоғистоннинг суверенлик мақомини бекор қилиш таклифи ҳам эълон қилинганди. Бу таклиф Қорақалпоғистонда катта норозилик билан қарши олинди ва 1-2 июль кунлари Нукусда намойишлар бўлди. Бу намойишлар куч билан бостирилди.

Бу воқеалардан сўнг Қорақалпоғистон - мақоми ҳуқуқ нормаларига зид, Украинадаги уруш фонида эса, бўлгинчилик таҳликасига яқин мухтор минтақа сифатида кун тартибига чиқди.

Озодлик Қорақалпоғистондаги бугунги ҳаёт ва норозилик чиқишларига сабаб бўлган муаммолар, шунингдек бу республиканинг тарихи ва шу кунда зиддиятли бўлиб турган ҳуқуқий мақомига назар ташлади.

🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling!

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews

Buxoro viloyat sudida shu yil iyulida Qoraqalpog‘istondagi namoyish va zo‘ravonliklarga aloqadorlikda ayblanayotgan 22 kishi ustidan ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Sudda, qoraqalpog‘istonlik jurnalist hamda faol Dauletmurat Tajimuratov, Lolagul Kallixanova va boshqalar JKning 10 ga yaqin moddasi, jumladan, ommaviy tartibsizliklar, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda ayblanmoqda.

Ayblanuvchilar o‘zlariga nisbatan qiynoq qo‘llangani, namoyishchilar chog‘ida o‘q otar qurol qo‘llangani haqida ko‘rsatma berishmoqda.

Shu yil iyunda, O‘zbekiston konstitutsiyasiga kiritilajak o‘zgarishlar sirasida Qoraqalpog‘istonning suverenlik maqomini bekor qilish taklifi ham e’lon qilingandi. Bu taklif Qoraqalpog‘istonda katta norozilik bilan qarshi olindi va 1-2 iyul kunlari Nukusda namoyishlar bo‘ldi. Bu namoyishlar kuch bilan bostirildi.

Bu voqealardan so‘ng Qoraqalpog‘iston - maqomi huquq normalariga zid, Ukrainadagi urush fonida esa, bo‘lginchilik tahlikasiga yaqin muxtor mintaqa sifatida kun tartibiga chiqdi.

Ozodlik Qoraqalpog‘istondagi bugungi hayot va norozilik chiqishlariga sabab bo‘lgan muammolar, shuningdek bu respublikaning tarixi va shu kunda ziddiyatli bo‘lib turgan huquqiy maqomiga nazar tashladi.

Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#ozodlik #karakalpakstan #uzbekistan

Комментарии

Информация по комментариям в разработке